Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

  • Xush kelibsiz !!!
    Farg'ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi
  • Noyob eksponantlar
    Muzeyda 80 mingda ortiq turli davrlarga mansub eksponantlar saqlanib kelinmoqda
  • Online do'kon
    Online do'kon orqali o'zingizga kerak bo'lgan mahsulotlarga onlayn buyurtma berishingiz mumkin

Nazm va nasr Sultonlari


8-fevral Farg'ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirga Filalogiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Exsonova Muqaddam opa, Farg'ona viloyati havo xujumidan mudofaa qo'shinlari va harbiy havo kuchlari qo'mondonligiga qarashli 01041 harbiy qismdan mard va jasur

Batafsil

Tashrif vaqtlari

  • Seshanba-Yakshanba

    8:00 - 17:00
  • Tashrif vaqtlari
  • 12:00 - 13:00
  • Tushlik
  • Biz haqimizda


  • Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi zahiraxonalarida vodiy tarixi ning barcha davriga mansub buyumlarning boy kolleksiyasi yig‘ilgan. Umumiy hisob da muzey eksponatlarining soni 90 ming donadan ortiq.

    Mazkur muzey O‘zbekistondagi eng keksa muzeylardan biridir. Unga 1894-yilning kuzida YAngi Marg‘ilon (hozirgi Farg‘ona) shahrida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligi va sanoat ko‘rgazmasi asos bo‘lgan. Oradan bir yil o‘tib, 1895-yil 2-noyabrda Farg‘ona viloyat harbiy gubernatorining buyrug‘iga ko‘ra, gubernator uyining ikkinchi qavatidan to‘rtta xona muzey uchun ajratib berildi.

    Bugungi kunda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi barcha turdagi zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular ilmiy-tadqiqot ishlarida katta samara bermoqda. Muzey xodimlari tomonidan qator monografiyalar nashrdan chiqarildi. Muzeyning katta ilmiy xodimi G. P. Ivanov O‘z. R. FA. Arxeologiya instituti bilan hamkorlikda «Ahmad al-Farg‘oniy davrida Quva shahri» nomli monografiyasini ikki tilda (o‘zbek va ingliz tillari) nashr ettirdi. N. Abdulahatov  «Ahmad al-Farg‘oniy», «Mo‘yi muborak» va «Burhoniddin al-Marg‘inoniy davri va uning avlodlari» nomli qator risolalarni nashrdan chiqarib, keng jamoat chilik orasida e’tibor qozondi. Ayniqsa G. P. Ivanovlarning hammualliflikda uchta tilda chiqargan “Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi” nomli rangli katalog muzeyda muhim xodisa bo‘ldi. Bulardan tashqari har yili Farg‘ona muzeyi xodimlarining ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari chet el va Respublikamiz ilmiy nashrlarida e’lon qilib boriladi.

Yangiliklar


Muzey faoliyati haqidagi va mamlakatimiz va xorijdagi so'nggi yangiliklar

  • 08

    fevral

  • Nazm va nasr Sultonlari
    08.02.2024 Batafsil
  • 02

    fevral

  • "Suv-botqoqlik yerlar kuni"
    02.02.2024 Batafsil

Foydali havolalar