Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Arxeologiya fondi kolleksiyasi

Arxeologiya fondi kolleksiyasi

Har qanday muzeyning arxeologiya fondi kattaligi va sifati mazkur muzey joylashgan mintaqaning qay darajada o‘rganilganligi hamda muzeyning o‘zi qadimgi yodgorliklari qazib olishda ishtirok etishi darajasiga bog‘liqdir.

Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyining arxeologiya kolleksiyasi ush¬bu muzeyning butun hayoti davomida shakllanib kelgan. 1899 yildagi ekspo¬zitsiya¬ning ochilishi vaqtida Farg‘ona tarixi arxeologlar uchun deyarli oppoq dog‘ kabi edi. Mintaqani faol o‘rganish faqatgina XX asrning o‘ttizinchi yillarida boshlandi. Mazkur munosabat bilan arxeologiya kolleksiyasiga ko‘proq namunalar kelib tusha boshladi. SHu davrgacha muzeyga kelib tushuvchi arxeologiya namunalari havaskor-o‘lkashunoslar tomonidan topshirilgan taso¬difiy topilmalar edi. Bundan tashqari, 1928 yilda tomoshabinlar e’tiboriga yuqori san’at bilan ishlangan mis ashyolar hamda O‘zgandagi XII asr maqbaralari bezagining sopol qismlari taqdim etilsa-da, muzey fondida faqatgina 108 dona arxeologiya namunalari saqlanar edi.

1939-40 yillarda Katta, Janubiy va SHimoliy Farg‘ona kanallarining ulkan qurilishi jarayonida arxeologik nazorat uyushtirildi. Mazkur ekspeditsiya bosh qarorgohi Farg‘ona muzeyi binosida joylashgan edi. SHu munosabat bilan qurulish vaqtida topilgan o‘nlab arxeologiya namunalari muzey kolleksiyasiga topshirildi. Ular orasida Tolmozordan topilgan eramizgacha birinchi asrlarga mansub sopol idishlar noyob qiymatga ega. 1950-52 yillarda muzeyga Borkorbaz mozori, Quva shahristonidagi kichik shurf hamda Mug‘posho joyida topilgan ashyolar kelib tushadi. Bularning hammasi Pomir-Farg‘ona umumiy arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan taqdim etilgan. Muzey kolleksiyasi nisbatan yaxshilandi, ammo arxeologik buyumlar soni hali ham ko‘p emas edi.

Burulish davri 1953 yildan, muzey xodimlari mustaqil qazilmalarni boshlaganlaridan so‘ng boshlandi. N. G. Gorbunova va B. Z. Gamburg kabi arxeo loglar har yili eramizgacha VI-VII asrlarga oid obidalarda qazilmalar va izla nishlar olib bordilar. 1953 yildan 1956 yilgacha bo‘lgan to‘rt yilning o‘zidayoq muzeyning arxeologiya kolleksiyasi 2,5 ming buyumga ko‘paydi. Oqtom, So‘fon, Qo‘ng‘ay va boshqa mozorlardan topilgan ashyolar erta temir davriga oid Farg‘ona arxeologik madaniyatini ajratib olishga yordam berdi. So‘nggi bronza davriga oid mozorlarni qazib olish jarayonida noyob ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Mazkur davrdan boshlab, xozirgi kungacha Farg‘ona viloyati o‘lka-shunoslik muzeyi viloyat va butun vodiy miqyosida olib borilayotgan arxeo¬logik tadqiqotlarda ishtirok etmoqda.

1962 yildan 1986 yilgacha Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyi Dav lat Ermitaji (Rossiya) bilan hamkorlikda bir qator ekspeditsiyalar olib bordi. Xozirgi paytda muzey O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Arxeo logiya instituti bilan hamkorlik qilmoqda, ammo fondlarga tushuvchi buyumlar ning asosiy qismi muzey xodimlarining turli obidalarda olib boruvchi musta qil qazilmalari hisobigadir. Mazkur ishlar orasida alohida o‘ringa doimiy ra vishda viloyatdagi eng katta shahriston bo‘lmish Quvada olib boriluvchi izlanish lar turadi.

Bugungi kunda Farg‘ona muzeyining arxeologiya kolleksiyasida 11 ming dan ortiq buyumlar saqlanmoqda. Ularning davriy bo‘linishi Farg‘onaning tosh asridan boshlab to rivojlangan o‘rta asrlarga qadar bo‘lgan tarixi haqida etarli darajada ma’lumot beradi. Buyumlar orasida yuqori san’at bilan ishlangan va tarixiy ahamiyatga ega namunalar mavjud bo‘lib, ular nafaqat Farg‘onaning qadimgi tarixi haqida etarli darajadagi to‘liq ekspozitsiyani tashkil etishga imkoniyat yaratdi, balki olimlar ishi uchun ham bebaho manba bo‘lib xizmat qilmoqda.