Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

​Tasviriy san’at va haykaltaroshlik

​Tasviriy san’at va haykaltaroshlik

Muzey tasviriy san’at va haykaltaroshlik kolleksiyasi – muzey durdonasi hisoblanadi. Bular orasida XIX asrda yashab ijod qilgan taniqli farg‘onalik rassomlarning asarlari, shuningdek, hozirgi kunimizda o‘z asarlari bilan elga tanilayotgan rassomlarning ham ijodiy namunalari o‘rin egallagan. O‘tgan asrning 70 yillariga kelib, ushbu kolleksiyadan gobelenlar ham o‘rin ola boshladi. Hozirgi kunga kelib bu kolleksiyada 2000 tadan ortiq tasviriy san’at, haykaltaroshlik va gobelen asarlari saqlanadi.

Kolleksiya vujudga kelishida rassomlar L. Bure, P. M. Nikiforov, M. N. YAnsin, A. N. Volkov, N. Kashina hamda E. S. CHernyavskayalar tomonidan sovg‘a qilin gan asarlar katta rol o‘ynagan. Yillar davomida ushbu asarlar soni ko‘paydi. 1938 yilda muzeyga «Viloyat o‘lkashunoslik muzeyi» maqomi berilishi bilan unda «San’at» fondi tashkillandi va bu bo‘limda tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari saqlanadigan bo‘ldi. SHu davrdan boshlab muzey kolleksiyasiga nomdor rassomlarning asarlari yanada ko‘proq kela boshladi. Birgina 1943 yilda P. M. Ni kiforov o‘zining 100 dan ortiq akvarelp va moy bo‘yoq asarlarini muzeyga taqdim qildi. U 1905 yilda rassomchilikning yo‘nalishi bo‘yicha Sank Peterburgda o‘qiydi va 1912 yilda oliygohni tamomlaydi. Uning asarlari orasida «Oq tepadagi choyxona», «O‘zbek uyining ko‘rinishi», «YOrmozordagi choyxona», «Vodildagi bozor» va «Masjid Dahma» tomashabinlarda katta ta’surot qoldirmoqda.

YOki, boshqa bir rassom L. Bure 1913 yilda «SHohi Zinda», 1915 yilda «Samarqanddagi masjid» asarlari orqali vatanimiz tabiatining ajoyib tomonla rini katta mahorat bilan tasvirlagan.

Taniqli rassomlardan yana biri, O‘zbekiston xalq rassomi A. N. Volkov 1886 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Peterburg va Kiev shaharlarining bilim yurtlarida tahsil olgan. O‘qish yillarida u mashhur rassom M. Vrubel ijodi bi lan yaqindan tanishdi va shu sababli bo‘lsa kerak uning ko‘pgina asarlari ustozining usuliga o‘xshab ketardi. A. N. Volkov o‘z asarlarini qalin buyoq berish yo‘li bilan yaratgan. A. N. Volkov asarlari ko‘p muzeylardan, jumladan Tretyakov gallereya sidan o‘rin olgan. Bizning kolleksiyada uning «Bog‘da», «Kuz», «Makkajuhori dala si» kabi o‘nga yaqin asarlari saqlanadi.

Bulardan tashqari kolleksiyamizda taniqli rassomlar – U. Axunov, U. Tan sikbaev, L. Panchenko, S. Alibekov, V. Kasin, V. Volkov, N. Kashina, E. CHernyavskaya, M. Jo‘raboev, L. Snegirev, A. Hamidov, E. Vorobev va boshqa ko‘plab mo‘yqalam so hiblarining asarlari saqlanadi.

Tasviriy san’at va haykaltaroshlik kolleksiyasining bir qismini haykal taroshlik asarlari tashkil etadi. Doktor K. Birkinning kolleksiyasidagi bir tur kum haykallar, zamonaviy haykaltaroshlarning asarlaridan iborat mazkur kollek siya o‘zida 100 dan ortiq namunani birlashtirgan. Ular orasida A. Kapsan, P. Iva nov, V. Volkov, E. Aliev, V. SHebatkov, O. Ra’imovlarning asarlari alohida aha miyat kasb etadi.

Gobelen san’ati yuqorida aytilganidek, muzey fondlaridan nisbatan kechroq o‘rin egallagan. SHunga qaramay uning ixlosmandlari talaygina. Farg‘onada san’atning ushbu turiga 1960-70 yillarda qiziqish uyg‘onib, o‘zbek badiiy to‘qima chilik san’atining mintaqaviy rivojlanishi bilan uyg‘unlashib ketgan. Gobelen to‘qish bilan Farg‘onada ilk bor M. CHurlu, L. Semizorova va G. Mixaylichenko kabi rassomlar shug‘ullanib, aynan shular «Farg‘ona gobelen maktabi»ning asoschilari hisoblanadi. Tasviriy san’at fondi kolleksiyasida nomlari zikr etilgan rassom larning ellikka yaqin gobelenlari saqlanmoqda.