Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Mato buyumlar kolleksiyasi

Mato buyumlar kolleksiyasi

Muzeyning mato buyumlar kolleksiyasidagi dastlabki eksponatlar 1896 yilda namoyish etilgan. Bu vaqtda mato buyumlar kolleksiyasi 20 dona kiyim kechakdan iborat bo‘lgan. Alohida kolleksiya sifatida 1922 yildan buyon qayd etiladi.

Hozirga kelib, muzeyning mato buyumlar kolleksiyasida Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, Farg‘ona vodiysi xalqlarining tarixiy ahamiyatiga molik nodir kiyim-kechaklari va gazlamalaridan iborat 2000 minga yaqin eksponat mavjud. Ta’kidlab o‘tish joizki, mato buyumlar kolleksiyasining negizini XIX asrga oid milliy – anoanaviy kiyimlar tashkil etadi. SHuningdek, XIX asrga oid kashtachilik, chitgarlik, ipak ma’suloti namunalari, yoki keyinroq fabrikada tikilgan zamonaviy kiyimlar, «YOdgorlik» to‘qimachilik fabrikasida to‘qilgan ipak matolar, davlat arboblari, taniqli san’at namoyondalari singari va boshqa tarixiy shaxslarga tegishli kiyim va buyumlar kiradi.

Mato buyumlar kolleksiyasidagi ayollarning anoanaviy qiyimlaridan: paranji, bosh kiyim – ro‘mol va do‘ppilar, ko‘ylaklar, to‘n, kamzul va poyafzal lar muxim ahamiyat kasb etib, ular o‘z davrining mohir chevar va to‘quvchi kosib lari qo‘lidan chiqqan ipak gazlamalar – bahmal va shoyi matolardan tikilgan. Adras, olacha, beqasam, banoras, atlas va parchalardan tikilgan mato buyumlar ham talaygina. Paranjilar o‘zining milliy tikilish uslubi va «iroqi» choklari bilan Farg‘ona maktabiga hosligi namoyon etadi. Ayollar kiyim-kechagining tarkibiy qismi bo‘lgan bosh kiyimlardan do‘ppi va ro‘mollar anoanaviy usulda tikilgan bo‘lib, ular muzeydagi mato buyumlar kolleksiyasida salmoqli o‘rin egallaydi.

Farg‘ona do‘ppilarining muzeyda 100 ortiq namunasi saqlanadi. SHakl va gullari jihatidan juda xilma-xil bo‘lgan bu do‘ppilar XIX asr va hozirgi davrlarga oiddir.

XIX asrda Farg‘onada udum bo‘lgan beqasam ro‘mollar, Rossiya fabrika larida ishlab chiqilgan ro‘mollardan – qalgay ro‘moli, gullar tikib ishlangan ipak ro‘mollardan – farang (Fransuz) ro‘moli, burchaklarida guldasta va o‘rta siga bezak solingan – chorgul, hil-hila, harir ro‘mol, naqshli kashmiri shol ro‘mol larning bir turkum kolleksiyasi mato buyumlar fondining nodir namunalaridir.

Mato buyumlar kolleksiyasida erkaklarning ichki, ustki, bosh kiyimlari hamda belbog‘ va poyafzal turlari ham kattagina qismni tashkil etadi. Jumladan, Farg‘onaga xos bo‘lgan erkaklar to‘ni xususida to‘xtalib o‘tsak. Bu to‘nlar XIX asrga mansub bo‘lib bahmal, adras, beqasam, parcha va duxoba kabi turli matolardan tikilgan.

Erkaklarning kiyim – kechaklari tarkibida belbog‘ alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Mahalliy gazmollardan tikilgan qo‘shoqlar, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda gi ro‘mollar, belbog‘, kashtalar bilan bezatilgan chorsilar muzey kolleksiyasini yanada boyitgan.

Ma’lumki, poyafzal ustbosh – sarponing muhim qismidir. Muzey kollek siyasida kosiblar tomonidan tayyorlangan xilma xil oyoq kiyimlari – maxsi, kovush, chorik va etiklar saqlanmokda.

Mato buyumlar kolleksiyasida matolarning turi 50 dan ortiq bo‘lib, ular atlas, adras, alocha, banoras, beqasam, shoyi, gulbosma matolardan iborat.

Muzey zaxirasida XIX-XX asrlarga oid 200 dan ortiq kashtachilik namu nalari to‘plangan. So‘zana, ro‘ijo, joynomoz, palak, zardevor, bolinpushlar ana shu lar jumlasidandir. Ushbu kashtachilik namunalari Farg‘ona, Urgut, Nurota maktablariga hos bo‘lib, maxalliy xalqlarning qadimgi diniy qarashlarini o‘zida ifodalaydi. So‘zanalarda «chor chiroq», «kordi osh», «bodom», «qalam fur», «musicha», «toji xo‘roz», «o‘rdak muyini», «murgak», «anor», «qo‘chqorak», «tiru kamon», «oftob nusxa», «lola» singari naqsh turlari tasvirlangan.