Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Metall buyumlar kolleksiyasi

Metall buyumlar kolleksiyasi

Metall buyumlar kolleksiyasiga muzey tashkil etilgan birinchi kunlardan eksponatlar kelib tusha boshlagan. Dastlab 10 dona metall buyum bilan boshlangan mazkur kolleksiya alohida fond bo‘lib 1938 yildan qayd etilgan. Hozirgi kunga kelib ushbu kolleksiyada 3000 minga yaqin metall buyumlari saqlan¬moqda.

Ulardan: Oftoba – Qo‘qonlik usta Fozil Mullo Otaulla o‘li yasagan buyum; Sudak – noma’lum eronlik usta yasagan tabib ishlatadigan idish; «SHabaqqa» gulli noma’lum usta yasagan oftoba; Noyob naqshli kashkul uni yasagan usta ismi noma’lum; Jom – shirinliklar saqlanadigan qopqoqli yumaloq idish; SHamdon – Qo‘qonlik nomoalum usta yasagan; SHohkosa – noma’lum usta yasagan; Samovar – islimiy naqshlar qoplangan, qo‘qonlik noma’lum usta yasagan idishlar tomashabinlar diqqatini tortadi.

Ushbu kolleksiyadan temuriylar davridan hozirgi kunlargacha bo‘lgan davrlarga mansub metall (asosan bronza va mis) buyumlar o‘rin eolgan. Ularning aksariyati mahalliy misgarlik maktabi vakillari (Qo‘qon, Marg‘ilon, Toshkent) tomonidan XIX - XX asrlarda ishlangan anoanaviy uslubdagi mis buyumlardir. YOki Buxoro, Xiva, Eron ustalari tomonidan, ayniqsa, Rossiya fabrikalarida XIX asrning ik¬kinchi yarmi va XX asr boshlarida ishlab chiqarilgan turfa shaklli mis idish va samovarlar ko‘p qismni tashkil etadi.

Farg‘ona vodiysi misgarlari tomonidan yasalgan maishiy ro‘zg‘or buyumlari hozirgi kungacha saqlanib qolib, ular o‘zlarining ishlanish uslubi va shakldorligi jihatdan hamda naqshining go‘zalligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Bu idishlar o‘zida takomillashgan mutanosiblik va bezakli naqsh bilan ajralib turib, uning baozi ko‘rinishlari O‘rta Osiyodaga boshqa halqlarning buyumlarida ham uchraydi.

Sopol buyumlardan farqli o‘laroq keng tarqalmagan o‘ymakor mis idish-tovoq o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, vodiyda Qo‘qon shahri uning markazi hisoblangan. Baozi bir buyumlar silliq – tekis yasalgan bo‘lsa, boshqalariga naqsh solingan. Buyumlar asosan sariq hamda qizil misdan tayyorlangan. Farg‘ona vodiysi misgarlari yasagan buyumlar takomillashgan turli shakliy siluetlarga ega.

Suv va choy idishlari turli ko‘rinishlarda tomonlari yassi yoki tanasi noksimon bo‘ladi. Bundan tashqari, tanasining shakli bir xil ko‘pgina idishlar bo‘zi, dastasi, burni, tagligining shakllari bilan ajralib turadi. YUvinish to‘plamlari (dastsho‘y va oftoba) o‘ziga xos originalligi bilan ajralib, mintaqaga moslashgan holda ularning shakli o‘zgarganligini Qo‘qon yoki Marg‘ilon misgarlari uslubida kuzatish mumkin. Misol tariqasida muzey zahiralarida saqlanayotgan tanasi noksimon va ikki yoni ichiga botgan oftobalarni Farg‘onaga xos ekanligini aytsak, sharsimon – yumaloq tanali buyumlar Xiva va Buxoro uchun xarakterlidir.

Marg‘ilonlik usta M. Madaliev yasagan choyidishlar shakl va bezak jiha tidan e’tiborga molik. Madalievlar sulolasi o‘ymakorlik san’ati bilan 200 yildan ortiq vaqt davomida shug‘ullanib kelishadi. Metall buyumlar kolleksiyasi orasida ushbu sulola vakili usta Masoud Mahmudjon o‘g‘li yasagan bir qancha buyumlar saqlanadi. Uning noyob mis idishlari muzeyning metall buyumlar kolleksiyasini 1970 yillardayoq to‘ldira boshlagan. Usta Masoud tomonidan o‘yilgan naqsh guli o‘zining boyligi, xilma-xilligi bilan ajralib turadi. U islimiy bargak, qo‘sh barg kabi naqshlardan keng foydalangan. San’atkorona o‘yilgan bu buyumlar kishini hayratga soladi.

Metall buyumlar kolleksiyasidagi bu noyob va qiziqarli mis buyumlar no ananaviy shakl sirlarini va ulardagi shakliy siluetlarning kamolotini ochib beradi.