Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

O‘zbekistonda har oyning birinchi yakshanbasida davlat muzeylariga kirish bepul bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda har oyning birinchi yakshanbasida davlat muzeylariga kirish bepul bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

01

avgust

O‘zbekistonda har oyning birinchi yakshanbasida davlat muzeylariga kirish bepul bo‘ladi

avg 01 2020

Farmonga muvofiq, 2020-yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilindi. “Ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Hujjatga ko‘ra, 2020—2025-yillar davomida bosqichma-bosqich har bir tuman va shaharda tarix va madaniyat davlat muzeylarining filiallari shaklidagi o‘lkashunoslik muzeylari tashkil etiladi.

Farmon bilan 15-aprel “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida Toshkent shahri muzeyi, “G‘alaba bog‘i”da esa “Shon-sharaf” muzeyi ochilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda 22-maydan “sariq” va “yashil” hududlarda karantin sababli yopilgan muzey va san’at galereyalari faoliyatiga ruxsat berildi.