Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Qurol-aslahalar kolleksiyasi

Qurol-aslahalar kolleksiyasi

Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga asos solingan daslabki yillarning o‘zidayoq qurol-aslahalar muzey kolleksiyalari ichidan o‘rin olgan. Lekin qurol-aslaha kolleksiyasini tashkil etishga esa, faqatgina 1970 yilga kelib rasmiy ru’sat berilgan. SHundan so‘ng muzeyda ma’sus qurol-aslaha fondi tashkil qilingan. Muzeyning qurol-aslaha kolleksiyasi xilma-xilligi bilan e’tiborga molikdir. Bu kolleksiya XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrda ishlab chiqarilgan tig‘li qurollardan: qilich, hanjar, chopqi, bolta, to‘qmoq; o‘qotar qurollardan: pilta miltiq, revolver, pistolet, ov miltiqlari, jangovar miltiqlar, avtomat; portlovchi qurollardan: mina, granata, minomyot va pulemyot o‘q va o‘qdonlari, jami 250 dan ortiq qurol-aslahalarni o‘zida mujassamlaydi.

Qurol-aslaha kolleksiyasining eng diqqatga sazovorlaridan biri sifatida davlat arbobi Usmon YUsupovga 1941-1945 yillarda Havo Xujumi Mudofaasi qo‘mondoni bo‘lgan general I. Petrov tomonidan taqdim etilgan bitta o‘qdonga ega Valter tizimidagi 823607 bilan raqamlangan 7,65 kalibrli pistoletni ko‘rsatish mumkin. Uning dastagiga «Otsu i drugu tov. Usman YUsupovu v pamyat Velikoy Otechestvennoy voynы 1941-1945 gg. Iv. Petrov» deb yozilgan, metal plastinka yopishtirlgan. Pistoletning o‘zida «WALTHER waffenfabrik Walther Zella - Mehlis (Thur) Walthers Ratent Cal. 7.65 m\m Mod RRK (RZ)» yozuvlari bor.

Bundan tashqari, tig‘li qurol namunalari ichidan Buxoro qo‘shinlari dala shtabining boshlig‘i I. I. Spiridonovga (1894-1975) hukumat tomonidan jangovar jasorati uchun 1921 yilda mukofot qilib berilgan jangovar kavalerlar qilichi (shashka)ni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.

Bu qilich qattiq oq po‘latdan bir tomonlama keskir qilib, yoysimon, egik tarzda yasalgan. Tig‘ning yuqori qismida uzunasiga ikki botiq chiziq mavjud. Uning dastagi va qinining metal qismlari kumushdan yasalgan bo‘lib, o‘yma naqshli qilib ishlangan. Dastagining bir tomonida Nikolay II, ikkinchi tomonida Rossiya imperiyasining gerbi tushirilgan.

SHuningdek, muzeyning qurol-aslaha kolleksiyasi ichida Temuriylar xukum¬ronligi davriga mansub harbiy askarning po‘lat simdan to‘qilgan jangovar sovuti, temir dubulasi, uzoq masofadan turib nishonga olish uchun mo‘ljal