Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Sopol buyumlar kolleksiyasi

Sopol buyumlar kolleksiyasi

Ma’lumki, sopol qadimgi moddiy madaniyatimiz tarixini o‘rganishda eng asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, predmet va hodisalarining vaqtini, o‘rnini, kelib chiqishini o‘rganishda tanga va boshqa pul birliklaridan keyingi o‘rinda turadi. Zotan arxeologik buyumlar kolleksiyasining ham katta qismini sopol buyumlar tashkil etsada, xalq amaliy san’ati namunasi sifatida qadrlanuvchi – so‘nggi 300 yil ichida ishlangan sopol va chinni buyumlar alohida kolleksiyaga ajratilgan. Ushbu kolleksiyaga muzey tashkillangan birinchi kunlar dan eksponatlar kelib tushgan bo‘lsada, faqatgina 1938 yildan alohida kollek siya sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan. Bugunga kelib, un¬da 4 mingdan ortiq sopol va chinni buyumlar saqlanadi. Ular jumlasiga XVIII – XX asrga oid Rishton, G‘urumsaroy kulolchilik maktabi sopol buyumlarining nodir namunalari, Xitoy chinni buyumlari, Rossiyaning F. Gardner, M. Kuznetsov va keyinroq «Dmitrevskiy» fabrikalarida ishlab chiqarilgan idishlar kiradi. SHuningdek, zamonaviy sopol buyumlar va Quvasoy chinni zavodi ma’sulotlari ham katta qismni egallaydi.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 1 yilligi munosa bati bilan yurtboshimiz I. A. Karimov tomonidan muzeyga sova qilingan chinni vaza ushbu kolleksiyaning nodir namunasi sifatida ardoqlanadi.

Sopol buyumlar kolleksiyasining nodir eksponatlari sifatida Rishton kulolchilik maktabida ishlangan sopol buyumlarni aytib o‘tish lozim. CHunonchi, Rishton O‘zbekistonda kulolchilik markazlaridan biri sifatida qadimdan shakllanib kelgan.

Muzeydagi sopol idishlar kolleksiyasi orqali Rishton kulolchilik maktabining tadrijiy rivojlanish tarixini kuzatish mumkin. Yillar davomida sopol buyum ishlab chiqarishning o‘zgarib borish jarayoni muzey kolleksiyasidagi buyumlar vositasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Rishton kulollari sirli sopollar ishlab chiqarishning eng murakkab yo‘llarini topganlar. Tabiiy bo‘yoqlar bilan yuritilgan ranglar uzoq vaqt modaynida saqlangan va shu jihatlari bilan qadr langan. Ushbu kolleksiyadan Rishtonlik noma’lum kulollar tomonidan XVIII – XIX asrlarda yasalgan charx tovoq, hurmacha, o‘rdak va tuya bo‘yin obdastalar, bodiya, qatiqko‘za, ko‘kanak, chapiya, qo‘shquloqli ko‘za, qaymoq kosa, naqshin kosa, tarkash, chuqur tovoq, miyona tovoqlar aloxida o‘rin egallagan. Zamonaviy usta kulol lardan I. Komilov, X. Sattorov, A. Yo‘ldoshev, SH. YUsupov, A. Isoqov, R. Usmonov, M. Saidov, A. Nazirov, M. Azizovlarning sopol buyumlari ham ushbu kolleksiya ning nodir namunalaridir. Mahalliy an’analar asosida mahorat bilan ishlan gan sopol idishlardagi tasvirlarning turfa xilligi, ulardagi kompozitsiyaning mukammalligi, bodom, qumg‘on, madohil tasvirlarini aniq va serqirraligi, tabiat manzaralarini serjilo usulda ifodalanganligi idishlarning badiiy ta’sirchanligini yanada oshirgan. Rishton kulolchilik maktabidan ruhlanib Far g‘ona shahrida ijod qilgan rassom – kulol L. A. Galkin kulolchilikda o‘z yo‘nalishi ni yaratdi. Uning turli jonivorlar (baliq, kapalak, toshbaqa, chig‘anoq va bosh.) shaklida ishlagan sopol buyumlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Xitoy bilan Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi savdo munosabatlarining rivoj lanishi natijasida Farg‘ona bozorlarida Xitoy chinni buyumlari paydo bo‘ldi. Muzeydagi sopol buyumlar kolleksiyasida Xitoyda ishlab chiqarilgan chinni buyum larning turkum xillari saqlanadi. Ular jumlasiga XIX asrga mansub chinnikosa, piyola, laganlar, dekorativ vazalarni kiritish mumkin.