Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Suratlar va fotonegativ kolleksiyasi

Suratlar va fotonegativ kolleksiyasi

Viloyat o‘lkashunoslik muzeyining suratlar va fotonegativ fondi hozirga kunga kelib 8 ming donadan ortiq kolleksiyani o‘z ichiga oladi. Fotosuratlarning nodir namunalari XIX asr oxiri XX asr boshlariga doir Farg‘ona va Turkiston xalqlari tumushi madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi suratlar bo‘lib, fotoalbom, otkritkalar, suratlardan iborat. Mazkur fond bir necha kichik bo‘limlarga ajratilgan:

  • XX asr boshlariga mansub suratlar bo‘limi.
  • Sovet davri suratlari bo‘limi.
  • Etnografiya bo‘limi.
  • SHahar tarixi bo‘limi.
  • Arxeologiya bo‘limi.
  • Ikkinchi jahon urushi davridagi doir suratlar bo‘limi.
  • Viloyat qishloq xo‘jaligi va sanoat bo‘limi.
  • Mustaqillik yillariga doir suratlar bo‘limi.

Suratlar va fotonegativ fondi asosan Farg‘onaning noyob me’moriy obidalari, muqaddas ziyoratgohlar, masjid va madrasalar, Farg‘ona xalqlarining turmush tarzi va urf odatlari, viloyatda bir asr mobaynida yuz bergan siyosiy va iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarni aks eturuvchi fotomateriallardan iborat.