Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Tabiat fondi kolleksiyasi

Tabiat fondi kolleksiyasi

Tabiat fondi 2500 dan ortiq eksponatni o‘z ichiga oladi. Tabiat fondining dastlabki eksponatlari mashhur Turkiston tadqiqotchisi O. A. Fedchenko oilasi hamda Rossiya imperatorligining geografiya jamiyati va tabiatshunoslar tomonidan berilgan Farg‘ona vodiysida kam uchraydigan noyob o‘simliklar gerbariysi, Farg‘ona vodiysining minerologiyasiga oid toshlar kolleksiyasi mavjud. Tabiat fondi eksponatlari ichida ayniqsa Tosh davri yotqiziqlariga oid toshga aylangan dengiz jonivorlarining qoldiqlari Farg‘ona vodiysida bir necha o‘n million yil oldin dastlabki hayotning qanday kechganligini o‘rganishda muhim manbadir. Tabiat fondida O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan hayvonot olamining namunalari, Farg‘ona vodiysidagi noyob kapalaklar kolleksiyasi, dorivor o‘simliklarining gerbariylari ham mavjub bo‘lib, mazkur eksponatlar Farg‘ona vodiysining tabiiy boyliklari, hayvonot olami, o‘simlik olami, foydali qazilmalari haqida muhim ma’lumot berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tabiat fondi eksponatalari quyidagi turlardan iborat: Sut emizuvchi hayvonlar, kemuruvchilar, sudralib yuruvchi hayvonlar, Suvda yashovchi hayvon¬lar, Hashorotlar, O‘simliklar gerberiysi hamda Mineral toshlar.

Tabiat fondi eksponatlari Farg‘ona vodiysining tabiatini yaqindan o‘rganishda va uni ekologik muammolarini tadqiq etishda muhim rol o‘ynaydi.