Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Yog‘och buyumlar kolleksiyasi

Yog‘och buyumlar kolleksiyasi

Yog‘och buyumlar kolleksiyasi ham muzey tashkil qilingan birinchi kunlardan to‘ldirila boshlagan. Bugungi kunda ushbu kolleksiyada 1500 dan ortiq eksponatlar saqlanadi. Alohida fond – kolleksiya sifatida 1970 yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbek ustalari asrlar mobaynida ota-bobolarimiz yaratgan qadimiy yog‘och o‘ymakorlik san’atining ajoyib anoanalarini saqlab kelmoqda. Yog‘och o‘ymakorlik san’ati Farg‘ona vodiysida qadimdan rivojlangan bo‘lib, u meomorchilikda va ro‘zg‘or ji’ozlarida keng qo‘llanilib kelinadi. Yog‘och o‘ymakorlik san’atining o‘ziga xos mahalliy xususiyatlari ham mavjud. Birgina Farg‘onaning o‘zida ikki xil yo‘nalishni kuzatish mumkin. Marg‘ilonlik ustalari yog‘ochda chuqur zaminli yassi o‘ymakorlikni keng qo‘llasa, Qo‘qon ustalari kalta bo‘rtmali yassi o‘ymali kursi, quticha kabi buyumlar yuzini notekis qoplashda qo‘llaydilar.

Muzeydagi yog‘och buyumlar kolleksiyasida XIX asr va XX asr boshlariga oid yog‘ochsoz ustalari tomonidan ishlangan ko‘plab buyumlar bor. Masalan, qo‘qonlik ustalarning turli naqshlarda islimiy shakllar bilan beza¬tilgan bir qancha ajoyib buyumlari, kolleksiyaning ilk eksponatlaridan biri – SHahrixon volosti boshqa ruvchisi topshirgan yog‘ochdan ishlangan «hakkalkovush»lar, doktor A. G. Smirnov kollek siyasidagi yog‘och buyumlar, duradgorlik asboblari, bolalar o‘yinchoqlari, beshiklar, milliy cholg‘u asboblari va ko‘plab hunarmandchilik dastgohlari ushbu kolleksiya asosini tashkil etadi.

Yog‘och buyumlar kolleksiyasi xaqida gapirganda qo‘qonlik mash’ur yog‘och o‘ymakor usta Qodirjon Haydarov va uning shogirdlari tomonidan ishlangan xon taxta va stullar, 1898 yilda Mingtepada (Andijon viloyati) Rossiya iperiyasi bosqiniga qarshi ko‘tarilgan qo‘zalon qa’ramoni Dukchi Eshonning masjididan keltirilgan naqshinkor eshik, Farg‘ona viloyat harbiy gubernatorining shaxsiy ish kabineti mebellar to‘plami (XIX asr oxirida dub daraxtidan ishlangan) va boshqalarni sanab o‘tmasdan ilojimiz yo‘q. Bu buyumlar har doim tomashabinlar diqqatini tortib kelgan.