Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

​Zargarlik buyumlari kolleksiyasi

​Zargarlik buyumlari kolleksiyasi

Muzeyning zargarlik buyumlari kolleksiyasida 500 dan ortiq zargarlik buyumlari mavjud. Bu buyumlar, asosan, XIX asr va XX asrning birinchi yarmiga oid bo‘lib, dastlabki zargarlik buyumlari etnografiya bo‘¬li¬miga, muzey tashkil qilingan yili havaskor o‘lkashunos K. A. Rudanovskiy tomonidan taqdim qilingan. U topshirgan mahalliy zargarning ikki dona kumush uzuklari ushbu bo‘limning tashkillanishiga asos bo‘ldi. Ushbu fond 1970 yildan buyon alohida kolleksiya sifatida qayd etib kelinadi.

Tabiiyki, zargarlik buyumlar kolleksiyasida ayollar taqinchoqlari alohida o‘rin egallagan. Ular jumlasiga boshga, peshonaga va bo‘yinga mo‘ljallangan taqinchoqlar, bilakuzuk, uzuk va tumorlar kiradi.

Ular, asosan, kumushdan ishlanib, feruza, marjon, dur kabi yarim¬ qimmat baho toshlar bilan bezalgan. Buyumlarning asosiy qismi Toshkent, Qo‘qon va Marg‘ilon ning mohir zargarlari tomonidan ishlangan.

Zebi-ziynatlar ayollar kiyimining tarkibiy qismi hisoblangan. Ularni ishlashda turli texnik usullar qo‘llanilib yasalgan. YAoni oltin, kumush, mis, qalay, bronza kabi xom ashyo maodanlari eritish va kuyish (tabanak), xoyis – bola bilan bolalash (xoiskori), qoliplash (qolipaki, shabaka), mayda – nozik ishlarini bajarish, zigirak va hokazo usullarda zargarlik buyumlari yasash bu davrga xos ko‘rinishdir.

Zargarlik buyumlari jimjimador o‘yma (kandakori), chizma shakllar bilan bezatilgan. Gul – naqshlar va ular atrofiga qora kumush suvi yoki miyno emalini bir tekis surtib, jilo berilgan. Uzuk, zirak, tillaqosh, zebigardon va boshqalarga feruza, marjon, sadaf, dur, zumrad kabilardan ko‘z solganlar. Bunday ko‘zlar o‘rniga ko‘pincha shisha, marjon va rangdor oyna hamda mayda munchoqlarni ham o‘rnatishgan.

XIX asrda rasm bo‘lgan taqinchoqlar namuna – andazalari asosida bugungi kunda Marg‘ilonlik zargar Abduhamid Abdujabborov ijod qilmoqda. Muzeyimiz zargarlik buyumlari kolleksiyasida A. Abdujabborov 30 dan ortiq ish namunalari yig‘ilgan.

Mazkur katalokka XIX asr va XX asrning birinchi yarmiga oid buyumlardan ayrim namunalar kiritilgan.