Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

O'zbekiston gavhari

O'zbekiston gavhari

Tabiatining fusunkor va betakror go‘zalligi bilan barchani o‘ziga maftun etuvchi Farg‘ona vodiysi nafaqat O‘zbekistonning, balki Markaziy Osiyoning gavharidir. Bag‘ri sir-sinoatga boy bu maskanning Farg‘ona deb nomlanishi turlicha bayon etiladi. «Farg‘ona» so‘zi ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d yozuvi bilan «Parg‘ana», «Prag‘ana» shaklida yozilganligi ma’lum. Bu so‘z xind-sanskrit tilida «kichik viloyat», «atrofi berk tog‘li joy», degan ma’nolarni bildiradi. Eramizdan avvalgi II asrlarda Farg‘ona «Dovon», deb atalgan bo‘lsa, ilk o‘rta asrlarda «Bohan», «Bohanna» nomlari bilan tilga olinadi. Unitmaslik kerak-ki, bu uch atama Xitoy tilida ifodalangan bo‘lib, ularning mahalliy tildagi tarjimasini angalsh mushkul, albatta. Faqatgina arabalar bosqinidan keyin vodiy hozirgi nom bilan ataladigan bo‘ldi. 

Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning janubiy-sharqida, ekvatordan 4,5 ming km uzoqda joylashgan vodiy bo‘lib, haqiqatdan ham salobatli Tyan-SHan va Hisor-Oloy tog‘ tizmalari bilan o‘ralib turadi. G‘arbdan tor yo‘lak kengligi 9 km bo‘lgan Xo‘jand darvozasi orqali Mirzacho‘l tekisligi bilan tutashib turadi. Vodiyning uzunligi 370-375 km, kengligi 170-190 km ni, umumiy maydoni 22 ming kv. km.ni, atrofini o‘rab turgan tog‘lar bilan birga 77,9 ming kv. km.ni tashkil etadi. Farg‘ona vodiysi g‘arbga tomon nishab joylashgan. Agar vodiyning g‘arbiy chekkasi dengiz sathidan 320 – 340 metr baland bo‘lsa, bu ko‘rsatgich vodiy sharqidagi O‘sh shahrida 1000 metrga etadi. Vodiyning iqlimi issiq, yozi quruq va uzoq bo‘ladi. Qishi esa yumshoq va qisqa davom etadi. YOg‘inning taqsimlanishi daryo turlariga bevosita bog‘liq va vodiyning to‘rt tomonidagi tog‘lardan uzunligi 28 ming km. li, jami 6500 ta daryo va soylar oqib tushadi. 

Vodiyda uchta mustaqil respublikaning 7 ta viloyati joylashgan. SHundan uchtasi – Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari Mustaqil O‘z bekistonning viloyatlari bo‘lib, ular asosan vodiyning past tekisliklarini egallagan. Ushbu viloyatlardagi aholining umumiy soni 7 million kishidan ortiq. 

Farg‘ona vodiysi o‘zining betakror tabiati bilingana emas balki, o‘ziga hos boy madaniy merosi bilan ham dovrug‘ qozongan. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi odam yashagan manzilgoh ham aynan Farg‘o­nadan topilgan. Sel ungurdagi (Farg‘ona shahridan 80 km janubda) «Fergantorp» - odamining yashab o‘tgan davri olimlar tomonidan kamida bir yarim million yil avval, deb ta’kidlanmoqda. Farg‘ona vodiysining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida poleolit davrining barcha bosqichlariga mansub manzilgohlarni ko‘pligi, bu o‘lkani qadimdanoq odamlar tomonidan egallanganligini ko‘rsatadi.

Farg‘onaning o‘ziga xos geografik muhiti, qo‘shni xalqlar bilan aloqaning chegaralanganligi va boshqa bir qancha omillar bo‘lishiga qaramay vodiy mav’um bo‘lib qolavermagan. Qadim zamonlardanoq Farg‘ona vodiysi aholisi Uzoq SHarq, Janubiy va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari bilan uzviy madaniy aloqada bo‘lib kelgan.

Vodiy hududida juda ko‘plab uchraydigan «Andronov madaniyati» (er.av. III-II ming yillik) ni eslatuvchi ashyolar yoki So‘x tumanidan topilgan «Ikki boshli ilon» tumori bunga misoldir. SHunga qaramay buyuk ipak yo‘li ochilgunga qadar Farg‘ona vodiysining madaniy taraqqiyotida o‘ziga xoslik sezilib turgan.

Vodiydagi «CHust», «Qayroqqum», «Eylaton», «SHurabashat» va «Oqtom-qo­ra­bu­loq» madaniyatlari o‘lkaning o‘ziga xos madaniy rivojlanish bos­qich­larini boshdan kechirganligini ko‘rsatadi. Farg‘onada bu davrlarning jang va mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa ashyolar Markaziy Osiyoning boshqa hududidagi topildiqlaridan farq qilib turadi.

Buyuk ipak yo‘lining ochilishi munosabati bilan Farg‘ona xalqlari turmushida Xitoy madaniyatining ta’siri sezila boshlagan. Farg‘onada bronza oynaklar, tangalar, ipak matolar, temir qurollar va boshqalarning paydo bo‘lishi bevosita buyuk ipak yo‘lining samarasidir. YOki aksincha, aynan shu yo‘l tufayli Farg‘onada eramiz boshlarida nasldor otlar, tuyalar, mayda chorva hay vonlarining etishtirilishi , qimmatbaho metallarning (oltin va kumush) mo‘l ligi, uzum, paxta, bug‘doy, makkajuhori, sholi va boshqa donli ekinlarning o‘sti rilishi butun dunyoga ma’lum bo‘lgan. Vodiyda shu davrga oid shahar-qo‘rg‘on ko‘ri nishidagi manzilgohlarning ko‘pligi esa, meomorchilik va shaharsozlik texnolo giyasining taraqqiy etganligidan dalolat beradi. 

Ahamiyatli joyi shundaki, bu erda eramiz boshlarida davlatchilikning ilk ko‘rinishidagi jamiyat mavjud bo‘lgan. Zotan, bu jamiyat faoliyati Markaziy Osiyoning bosh­qa davlatlaridagi idora usuliga o‘xshab ketsada, oqsaqollik kengashining roli kattaligi bilan farq qilib turgan. Savdoning rivojlanishi natijasida pul muomalasi yo‘lga qo‘yildi. Farg‘onada Xitoy, So‘g‘d, Kushon va mahalliy pul birliklari muomalada bo‘lgan. Kichik shaharlar o‘zlarining mayda pul birliklariga ega bo‘lganligi ham tarixdan ma’lum. Pul zarb qilish uchun mis va bronza asosiy xom ashyo bo‘lib xizmat qilgan. Oltin va kumushdan zarb qilingan pullar noyob pul birliklari jumlasiga kirganligi uchun ni’oyatda qadrlangan.

Ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona Markaziy Osiyo bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘priklardan biri bo‘lib qoldi va bu erdagi ijtimoiy-siyosiy muhit ham shu ikki hududning ta’siri ostida tez-tez o‘zgarib turdi. Farg‘onada ilk o‘rta asrlarda ellinizm madaniyati ta’siri sezilgan holda mahalliy madaniy merosning Xitoy madaniyati bilan uyunlashuvi natijasida o‘ziga xos madaniy muhit vujudga keladi.

Aynan shu davrda Farg‘onaning qadimiy dinlari (shomoniylik, otash­parastlik) qatoriga buddaviylik, nasroniylik va moniylik dinlari kelib qo‘shila boshladi. Arablar bosqiniga qadar yuqoridagi har bir din Farg‘onadan o‘z tarafdorlarini topgan va har biri mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatgan. E’tiborli tomoni shundaki, bu dinlar o‘rtasida gegemonlik uchun kuchli kurash bo‘lmagan. SHuning uchun ham bu davrning uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari, kosmetik ji’ozlari va kiyim-kechaklarida dinlar ta’sirida vujudga kelgan turli-tumanlikni kuzatish mumkin.

Bu davr­da pul muomalasi ko‘proq mahalliy pul birliklari asosida olib boriladigan bo‘lgan. Farg‘ona pullari Xitoy va So‘g‘d pul birliklaridan andaza olib zarb qilinardi. Ko‘pincha So‘g‘d pullariga Farg‘ona hukm­ dorlarining nomlari va unvonlari yozilib, o‘rtasi to‘rt burchak shaklda teshik bo‘lgan. Eramiz boshlarida bo‘lgani kabi, ayrim shaharlar o‘zining mayda pul birliklarini zarb qilgan.

Ular hajm va vazn jihatidan davlat pullariga nisbatan kichik va engil bo‘lgan. Bu davrda qimmatbaho metallardan yasalgan pullarni ko‘proq uchratish mumkin. Ayniqsa kumushdan ommaviy ravishda pul zarb qilish kuchli davlatlar qudratining ramzi bo‘lib qolgan. SHuning uchun Buxorxudotlarning kumush tangalari butun Markaziy Osiyoda keng muomalada bo‘lgan.

Ilk o‘rta asrlarda Farg‘onaga Xitoy chinnilari va yaqin sharq shisha buyumlari kirib keldi. Buning natijasida Farg‘ona hunarmandlari ham chinni va shisha buyumlarni yasashni o‘zlashtirib olishdi. Bunday buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahallalar vujudga kela boshladi. Bunday ustaxona-mahallalarni O‘zgan, Axsikent va Quva shahristonlarida uchratish mumkin. Islom dini kirib kelishi bilan Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyo davlatlarining ajralmas qismiga aylandi. Bu davr buyumlari esa, islom ta’limoti talablaridan kelib chiq­qan holda ma’lum bir qolipga tushdi. Buyumlarda qatoiy talab – ilohiy mavjudodlarning ifodalanmas ligi, shakllarni islom taribotidan kelib chiqqan holda bezash, hatto buyum larda Quroon oyatlarining ifodalanishi davr talabi bo‘lib qoldi. Taajubki, X – XII asrlarda hunarmandlar tomonidan islom ta’qiqlagan tasvirlarning qo‘llanganini ko‘rish mumkin. Turli zoomorfik shakllar, ilohiy mavjudodlar, tabiat va odamlarning tasviri tushirilgan buyumlar shu davrning nodir yodgorliklari hisoblanadi. Bu usul bino va buyumlarni bezashda, buyumlarga shakl berishda hunarmand tasavvurini ifodalovchi vosita bo‘lib xizmat qilgan. Ayrim hunarmandlar o‘z ma’sulotlari yordamida qadimiy (islomdan avvalgi) dinlarni saqlab qolishga intilgan bo‘lsa, ay­rim­lari oyatlar orqali islom dinini taribot qilmoqchi bo‘lgan.

Ko‘pgina buyumlarda lirik to‘rtliklar, muhabbat tarannumi, falsa fiy va ishqiy chaqiriqlar aks ettirilgan. X – XII asrlarda kulolchilik, misgar lik, yog‘och o‘ymakorlik, ipakchilik va ayniqsa shishasozlik gurkirab yashnadi. Bu hunarlarning hammasi Qoraxoniylar davrida o‘z taraqqiyoti cho‘qqisiga ko‘taril di. Agar Somoniylar Buxorxudotlardan ibrat olib, ko‘proq kumush tangalarni muomalaga kiritgan bo‘lsa, Qoraxoniylar davrida pul birliklarining aksariyati mis tangalardan iborat bo‘lgan. Ularning hajmi turlicha bo‘lib, diametri 20 mm. dan 40-45 mm.gacha borgan. Mo‘g‘illar bosqini oqibatida Markaziy Osiyoning barcha hududida bo‘lganidek, Farg‘onada ham madaniy inqi roz yuz berdi. Bu davrda hunarmandchilikning barcha sohasida orqaga ketishni kuzatish mumkin. Achinarli joyi shundaki, Farg‘ona bu davrda butun bir jang maydoniga aylanib qoldi. CHingizxon avlodlaridan goh bir tomon, goh ikkinchi tomon Farg‘ona uchun egalik da’vosi bilan chiqardi. O‘zaro muno sabatlarni oydinlashtirish uchun esa, Farg‘ona vodiysi jangoh vazifasini o‘tagan. Farg‘o nadagi yirik shaharlar vayron qilinardi. Qishloqlardan omma viy ko‘chib ke tish, yoki butun boshlik qishloqlarni qirg‘in qilish oddiy hol bo‘lib qolgan edi. Faqatgina temuriylar davriga kelib bunday bosh-boshdoqlikka chek qo‘yildi. Mo‘g‘illar qirg‘inidan omon qolgan ayrim shahar va qishloqlar asta sekin o‘z qaddini tiklay boshlagan. Afsuski, O‘zgan, Quva, Avval, Rishton, O‘sh, Pop va yana bir qancha shaharalarning nomi faqat tarix sahi­fa­larida qoldi holos. Andijon, Marg‘ilon va Axsikent shaharlari esa, o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Temuriy shahzodalarning barchasi mana shu shaharlar dan turib vodiyni idora etishdi.

Bu davr hunarmanchiligi, asosan, Markaziy Osiyoning yirik shahar lari hunarmanchiligidan andaza olib faoliyat ko‘rsatgan. SHunday bo‘lsada, ayrim shaharlarning o‘z hunarmanchilik maktablari vujudga kelib, yangi-yangi usullar bilan dovrug‘ qozona boshladi. Masalan; Marg‘ilon ipakchilik va ipak ma’sulotlari ishlab chiqarishga, Axsikent kulolchilik, temirchilik va po‘lat dan yasalgan jang qurollari ishlab chiqarishga, Rishton kulolchilikka ixtisos lasha borgan. YUqorida tilga olingan hunarlar bu davrga kelib san’at dara jasiga etdi. Bizgacha saqlanib qolgan sirli sopol idishlarning aksariyati temuriylar davrining ma’sulotlaridir. SHuningdek, bu davrda tog‘-kon ishla ri tartibga solinib, qazib oli­na­yotgan xom ashyolar davlat nazoratiga o‘tka zilgan. Farg‘onadan oltin va kumush singari qimmatbaho metallar, mis, neft, lojuvard, simob, qo‘rg‘oshin va boshqa turdagi foydali qazilma boyliklar qazib chiqarilgan. 

Mo‘g‘illar va temuriylar hukmronligi davrida ham pul munosabat lari, asosan, mis tangalar vositasida olib borildi. Temuriylar davriga kelib pul islohoti tez-tez amalga oshirib turilgan. SHuning uchun ham bu davr ga xos tangalarni zarb qilish jarayonida birdaniga bir nechta tanga zarbdan chiqarish holati uchrab turadi. Bunda tanga zarb qilingan shahar, hukmdor va sana bir necha tangada ifodalanadi. Natijada bir tangada sana, ikkinchi tangada hukmdor nomi, yana boshqa tangada zarb qilingan joy ko‘rsatilgan. Hatto bir hukmdor nomi ustiga boshqa bir hukmdorning nomi bitilgan tangalar ham uchrab turadi (bu ko‘rinish hukmdorlarning almashib turishi bilan bog‘liq). 

XVII – XVIII asrlarda Buxoro xonligining zaiflashib qolganligidan foydalanib, uning sharqiy viloyati – Farg‘onaga SHarqiy Turkiston xonlari va ko‘chmanchi qalmoqlar tez-tez talonchilik hujumi uyushtirib turishdi. Buxoro dan panoh bo‘lmagach, Farg‘onadagi mayda qabilalarning o‘zaro birlashish jara yoni boshlandi. XVIII asrning o‘rtalariga kelib, Farg‘onada Ming urug‘i vakil lari Qo‘qon shahri atrofidagi qishloqlarni birlashtirib yangi xonlik barpo qildi. Oradan xech qancha faqt o‘tmay Qo‘qon xonligi Markaziy Osiyoning eng yirik, qudratli va tez taraqqiy etayotgan davlatlaridan biriga aylandi. Qo‘qon xonligi davri Farg‘ona vodiysining siyosiy, ijtimoiy-iqtiso diy va madaniy rivojlanish davri bo‘ldi. Farg‘ona vodiysidagi me’moriy obidalarning aksariyati shu davrga mansub. Hunarmandchilikning barcha turi o‘z rivojlanish taraqqiyoti cho‘qqisiga ko‘tarildi. Ayniqsa, misgarlik, kulolchi lik, yog‘och o‘ymakorlik, zargarlik, meomorchilik, ipak ma’sulotlari ishlab chiqarish misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Qo‘qon xonligi hududida, asosan, shu davlatning oltin, kumush va mis pul birliklari muomalada bo‘l gan. Ayrim hollarda Buxoro, Eron va Afg‘onistonning tillo va kumush tanga lari, Rossiyaning kumush rubllari mol ayirboshlashda qo‘llanilgan. Bular ning hammasi savdo munosabatlarining rivojlanganligidan dalolat beradi. Qo‘qon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach Farg‘ona dagi hunarlarning ko‘pi tayziq ostiga olindi. Masalan; misgarlik, temirchi lik va mayda metallurgiya ustaxonalarining faoliyati chegaralab qo‘yildi. 

Ularda ishlab chiqarilayotgan ma’sulotlarning turi kamaydi va aso san, uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi. Rossiyadagi zavod-fabrikalarda ishlab chiqarilgan ma’sulotlar Farg‘onaning ichki bozor larini egallashi natijasida bu erdagi hunarmandlarning ishlab chiqarayotgan ma’sulotlari raqobatga bardosh berolmay qoldi. CHinni, shisha, metal va boshqa buyumlar deyarli Rossiyadan olib kelinadigan bo‘ldi. Oqibatda hunar mandlarning aksariyati arzon, bir xil turdagi ma’sulotlarni ishlab chiqa rishga majbur bo‘ldi. SHunday bo‘lsada, nozik did bilan ishlangan ko‘pgina buyumlar o‘z haridorini topgan va ular oilaning qimmatbaho jihozi sifati da ardoqlangan. 

Bozordagi pul munosabatlari esa, asosan, Rossiya imperiyasining pul birliklari bilan olib borilgan. Ayrim hollarda Angliya, Eron, Afg‘o­ niston, Buxoro amirligining tillo va kumush tangalari tovar-pul munosabat larida foydalanilgan. Lekin ularning o‘rni deyarli sezilmagan.