Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Farg'ona muzeyi tarixidan

Farg'ona muzeyi tarixidan

Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi zahiraxonalarida vodiy tarixi ning barcha davriga mansub buyumlarning boy kolleksiyasi yig‘ilgan. Umumiy hisob da muzey eksponatlarining soni 80 ming donadan ortiq.

Mazkur muzey O‘zbekistondagi eng keksa muzeylardan biridir. Unga 1894 yilning kuzida YAngi Marg‘ilon (hozirgi Farg‘ona) shahrida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligi va sanoat ko‘rgazmasi asos bo‘lgan. Oradan bir yil o‘tib, 1895 yil 2 no yabrda Farg‘ona viloyat harbiy gubernatorining buyrug‘iga ko‘ra, gubernator uyining ikkinchi qavatidan to‘rtta xona muzey uchun ajratib berildi.

1897 yilda muzeyning nizomi tasdiqlangan bo‘lsa, 1899 yilning 26 may kuni «Farg‘ona viloyat xalq muzeyi»ning (uning birinchi nomi shunday edi) tanta nali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu vaqtga kelib muzeyda 2223 dona buyum va kitoblar yig‘ilgandi. Muzey gubernator uyining yordamchi xona­sida joylashgan bo‘lib, odat da u dam olish va bayram kunlar ochiq bo‘lardi. YOki viloyatga kelgan nufuzli meh monlar uchun maxsus ochilar edi.

1911 yilda muzey yopilishga majbur bo‘ldi va faqat 1920 yilda Farg‘onadagi siyosiy tuzimning o‘zgarishi natijasida, hokimiyat sovetlar qo‘liga o‘tgach, muzey qayta ochildi. Bu paytda uning maqsad va vazifasi ham butunlay o‘zgargandi. Muzeyning nomi esa, «Farg‘ona shahar ilmiy muzeyi» deb ataldi. Mu zey Konstantinovskaya (hozirgi Turon) ko‘chasidagi binolardan biriga joylashti rildi. 1984 yilga qadar muzey mazkur binoda faoliyat ko‘rsatdi.

1922 – 1927 yillarda muzey ekspozitsiyasida qishloq xo‘jalik, hunarmand chilik, numizmatika, tabiat, tarix va etnografiya bo‘limlari mavjud edi.

1928 yilda yangi – arxeologiya bo‘limi ochilib ushbu kolleksiya soni keskin orta boshladi. 1938 yildan esa, muzey «Viloyat o‘lkashunoslik muzeyi» si fatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu vaqtga kelib muzeyda kirish, tabiat, tarix va sotsialistik qurilish ekspozitsiyasi mavjud edi. Eksponatlar soni 15 mingdan oshdi.

Muzey ikkinchi jahon urushi yillarida o‘z faoliyatini yanada kuchaytirdi, uning xodimlari fondlarni farg‘onaliklarning frontdagi mislsiz jasorati va front ortidagi fidokorona mehnati to‘g‘risidagi hujjatlar bilan yanada boyit dilar.

1950 yillarning boshlarida muzey arxeologik ishlarni olib borishga as toydil kirishdi. Bu ishlarni Leningrad Universitetining bitiruvchilari, keyin chalik muzey xodimlari N. G. Gorbunova va B. Z. Gamburglar olib borishdi. Birgi na 1951 – 1956 yillarda muzey fondi 3000 tadan ortiq arxeologik buyumlar bi lan boyitildi. Vaholanki, muzey ochilgan paytda uning fondlarida faqatgina 2 dona arxeologik buyum mavjud bo‘lgan. Hozirgi vaqtda muzeyning arxeologiya fon di Farg‘ona vodiysidagi eng boy kolleksiyalardan biridir. Ular tosh davridagi mehnat qurollari, qabrlar va arxeologik tekshirishlar natijasida topilgan sopol va bronza buyumlar, shuningdek, vodiy hududidan topilgan ko‘plab arxeolo gik buyumlardan iboratdir.

Muzey fondining katta qismini Farg‘ona vodiysi aholisining XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kunlarga qadar bo‘lgan turmush – tarzini aks ettiruvchi negativ va fotosuratlar, hujjatlar, o‘lkanining qadimiy va hozirgi zamon tarixiga oid ashyoviy yodgorlik buyumlar tashkil etadi.

Muzeyda dastlabki farg‘onalik professional rassomlar M. N. YAn sin, P. M. Nikiforov, xalq rassomlari A. N. Volkov, Sergay Alibekov, shu ningdek, zamonaviy rassomlarning asarlarini mujassamlashtirgan o‘ziga xos tasviriy san’at kolleksiyasi xam mavjud. Rishton va G‘urumsaroy kulolchiligi, misgarlik va zargarlik buyumlari, Mato buyumlar kolleksiyasi hamda turli xil kashtalar namunasi tomoshabinlar e’tiborini tortmoqda.

1985 yildan buyon muzey maxsus qurilgan yangi binoda faoliyat ko‘rsat moqda. Hozir muzeyda o‘lka tabiati va vodiy tarixining XX asr boshlariga qadar bo‘lgan davrni aks ettiruvchi ekspozitsiya faoliyat ko‘rsatib turibdi. Bu ekspozitsiyalar tarix va madaniyatimizning asl yodgorliklari ko‘rgazmasi bo‘lib, ularda zamonaviy dioramalardan foydalanilgan.

Mustaqillik yillarida Viloyatning ijtimoiy hayotida muzeyning roli keskin ortdi. Ayniqsa, xalqimizning boy va o‘ziga xos tarixini tiklashda, uni tadqiq etishda malakali muzey xodimlarining xizmatlari beqiyos. Bevosi ta ularning xizmatlari evaziga, nafaqat mamlakatimiz, balki butunjahon miqyosidagi tantanalarni nishonlashga muvaffaq bo‘linmoqda. Buyuk vatandosh larimiz Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik va Burhoniddin al-Marg‘inoniy ning 900 yillik yubileylari ana shular jumlasidandir.

Ayniqsa, muhtaram yurtboshimiz I. A. Karimovning 1998 yil 12 yanvar dagi 1913 sonli «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashti rish to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi 98 sonli «Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi va 2002 yil 9 yanvardagi «Noyob zargarlik san’ati asarlarini asragan holda foydalanish va saqlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida»gi qarorlari muzey faoliyatini yanada jonlantirib yubordi.

Bugungi kunda Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi barcha turdagi zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular ilmiy-tadqiqot ishlarida katta samara bermoqda. Muzey xodimlari tomonidan qator monografiyalar nashrdan chiqarildi. Muzeyning katta ilmiy xodimi G. P. Ivanov O‘z. R. FA. Arxeologiya instituti bilan hamkorlikda «Ahmad al-Farg‘oniy davrida Quva shahri» nomli monografiyasini ikki tilda (o‘zbek va ingliz tillari) nashr ettirdi. N. Abdulahatov va B. Hoshimovlar esa, «Ahmad al-Farg‘oniy», «Mo‘yi muborak» va «Burhoniddin al-Marg‘inoniy davri va uning avlodlari» nomli qator risolalarni nashrdan chiqarib, keng jamoat chilik orasida e’tibor qozondi. Ayniqsa B. Hoshimov va G. P. Ivanovlarning hammualliflikda uchta tilda chiqargan “Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi” nomli rangli katalog muzeyda muhim xodisa bo‘ldi. Bulardan tashqari har yili Farg‘ona muzeyi xodimlarining ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari chet el va Respublikamiz ilmiy nashrlarida e’lon qilib boriladi.

Hozir muzeyda 5 ta (tarix, tabiat, san’at, ilmiy-oqartuv va fond) bo‘ lim va 10 ta (tasviriy san’at, metal va sopol buyumlar, maxsus, mato buyum lar, hujjatlar, gazeta va plakatlar, yog‘och buyumlar, arxeologiya va numizma tika, tabiat, fotonegativ va suratlar) zahiraxonalar faoliyat ko‘rsatib turibdi.

SHuningdek, Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyining tumanlarda 7 ta tarmog‘i mavjud. Ular quyidagilardan iborat: SHohimardon qishlog‘ida Hamza Hakimzoda Niyoziy muzeyi, Farg‘ona tumani Kaptarxona qishlog‘ida Usmon YUsupov memorial muzeyi, YAypan shahrida O‘zbekiston tuman tarixi muzeyi, Marg‘ilon shahar tarix muzeyi, Uvaysiy uy-muzeyi, Uchko‘prik tumanidagi Ziyovuddin Xaziniy uy-muzeyi va Oltiariq tuman tarix muzeylari.

Mamnuniyat bilan aytish mumkinki, Farg‘ona muzeyida saqlanuvchi eksponatlarning ko‘pi halqaro miqyosdagi ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. 1957 va 1972 yillarda Leningrad (Sankt Peterburg, Rossiya), 1978 yilda Kiev (Ukraina), 2000 yilda Gannover (Germaniya), 2003 yilda London (Angliya) shaharlarida ushbu muzey eskponatlari ishtirokida ko‘rgazmalar tashkil etilgan. Mamlakatimiz poytaxti Toshkentda esa, 1980 yildan 1990 yilgacha Farg‘ona muzeyi eksponatlari asosida bir nechta ko‘rgazma bo‘lib o‘tgan.