Muzeyning ish kunlari: 8:00 - 17:00 | Seshanba-Yakshanba

+998 73 244-39-46

Amir Temur-jahon tarixchilari talqinida

Amir Temmur shubhasiz xarbiy daxo, uning og‘ir va mashaqqatli mehnatga bo‘lgan qobiliyati, yurishlari astoydil tayyorlanishi u tomondan erishilgan hayratlanarli g‘alabalarga asos bo‘lgan. Amir Temur saltanatining markazi xisoblangan Mavarounnaxrda sanoat va xunarmandchilik rivojiga alohida e’tibor bergan. Uning qo‘l ostidagi nihoyatda keng xududda qonunlarga amal qilinishida savdo-sotiq va sanoatni rivojlantirishga birlamchi omil sifatida qaralgan.

07

aprel

Amir Temur-jahon tarixchilari talqinida

apr 07 2023

Amir Temur-jahon tarixchilari talqinida

  Amir Temmur shubhasiz xarbiy daxo, uning og‘ir va mashaqqatli mehnatga bo‘lgan qobiliyati, yurishlari astoydil tayyorlanishi u tomondan erishilgan hayratlanarli g‘alabalarga asos bo‘lgan. Amir Temur saltanatining markazi xisoblangan Mavarounnaxrda sanoat va xunarmandchilik rivojiga alohida e’tibor bergan. Uning qo‘l ostidagi nihoyatda keng xududda qonunlarga amal qilinishida savdo-sotiq va sanoatni rivojlantirishga birlamchi omil sifatida qaralgan. Karvonsaroylar, usti yopiq Chorsu bozorlarini qurish,shaharlarni qayta tiklash Amir Timur siyosatining bir qismi edi xolos. Ayni paytda u o‘z mamlakatida san’at va madaniyat taraqqiyotiga katta e’tibor bilan qaragan.

  Buyuk bobomiz haqidagi bu so‘zlar taniqli xind tarixchisi Satish Chandraga tegishli. 1978 yilda vafot etgan Satish Chandra Xindiston tarixiga oid bir qancha kitoblar muallifi.

  Darxaqiqat Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lish bilan bir qatorda o‘z xukmronligi ostidagi xududlarda amalga oshirilgan deyarli barcha madaniy vama’rifiy ishlarga ham rahnamolik qildi. U Mavarounnaxrda turli madaniy va diniy muassasalar qurdirish, mavjudlarini ta’mirlash va o‘z saroyida ko‘plab ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga e’tiborni kuchaytirdi.

  Shu davrda Samarqand Temur davlatining markazigina emas balki, Sharq va G‘arbdagi madaniy jixatdan eng rivoj topgan olimu-fozillari,madrasalari, bozorlari, bog‘u-rog‘lari, bilan turli o‘lka vakillarining o‘ziga jalb etuvchi muhim ma’naviy markazga aylandi.

  Vasiliy Vladimirovich Bartol Amir Temurning tarixiy roli haqida shunday deydi:

-Amir Temur jonboz quruvchi edi. U ajoyib bog‘u-rog‘li muxtasham inshaotlar barpo etdi. Shahar va qishloqlarni tikladi. Uning davrida ko‘plab sug‘orish tizimlari barpo etildi va ta’mirlandi. Lo‘nda qilib aytganda, u ekin ekishga yaroqli bir qarich yerni ham bekor yotishiga yo‘l qo‘yiladi.

  Asli Vengriyalik olim, Sharq tillari va adabiyoti bo‘yicha professor bo‘lgan Xerman Vamberi “Buxoro yoxud, Mavorounnaxr tarixi” nomli kitobida Amir Temur haqida shunday yozadi: Amir Temurning Markaziy Osiyodagi o‘rnini shunday bilsa bo‘ladiki, u o‘z xokimligi bilan yangi saltanatni va balkim ko‘proq turkiy madaniyat deb atalishi mumkin bo‘lgan Markaziy Osiyo madaniyatining yangi davrini boshlab berdi. Bunda tashqari Temur o‘z avlodlariga “Tuzuklar” nomli pandnomani va qo‘llanma yozib qoldirgan tarixiy shaxs sifatida ham keng tanilgan.

  Amir Temur Osiyoning deyarli barcha qismida xatsiz xisobsiz xazina va boylik yig‘di.Lekin ularni hasis odamlar kabi saqlamadi. Buning birinchidan uning saroyi boy hashamatliligi, ikkinchidan es o‘z qarorgohini hamda o‘z shahrini bezab turuvchi g‘oyat ulkan va muhtasham binolar qurdirgani isbotlaydi. Shuning uchun ham Temurni Chingizxon bilan bir qatorda qo‘yib, uni yovuz, o‘zboshimcha mustabit xokim deb atovchilarning fikrlari ikki tomonlama xatodir. Chunki Temur avvalo o‘zining g‘olibona qurolini zamonasining odatiga ko‘ra ishga solgan. Jangu jadallari va vayronagarchiliklari ham biror jinoyat uchun olingan intiqom edi holos. To‘g‘ri bu o‘ch judayam shavqatsiz lekin shu bilan birga adolatli edi. G‘arblik yana bir tadqiqotchi Xammer esa Amir Temurni Yunonlarni mashhur sarkardasi bilan taqqoslabshunday deydi:

 Temurni Aleksandr Makedonskiy bilan tenglashtirish kerak. Bu taqqoslash ularning hayot yo‘llari va erishgan yutuqlari nuqtai nazaridangina emas, balki ularning insoniyligi, istiloqilgan yerlarining ko‘lami, jasurliklari va kamsuqumliklari jihatdan xam o‘xshashligidadir. Aleksandr Makedonskiy yunon va fors madaniyatining yuksak rivojlanish davrida voyaga yetgan va Temurga qaraganda ko‘proq ma’rifiy ta’lim olgan edi. AmmoTemur mohir sarkarda va ko‘plab mamlakatlarningistedodli hukmdori sifatida tanilgani bois undan ustun turadi......

  Tan olish kerakki tarixiy adabiyotlarda Amir Temur haqida bir-biriga zid fikrlar mavjud. Lekin ularning ko‘pchiligida Sohibqiron faoliyatiga o‘z davri nuqtai nazaridan emas, balki mualliflar yashagan sharoitlardan kelib chiqib baho berilganini unutmaslik kerak. Buni to‘g‘ri tushingan tarixchilar esa o‘z ichki kechinmalarini yashirishga harchand urinmasinoxir oqibatda baribir buyuk sarkardani tan oladi va unga tan beradi.Zero buning uchuntarixiy asos, guvoxlarning vaqt sinovidan o‘tgan bitiklari mavjud.

  Taniqli Fransuz tarixchisi Rene Grusse o‘zining 1939 yilda Parijda chop etilgan “Dashtu dalalar saltanati”nomli kitobida Atilla, Chingizxon, va Amir Temur haqida xikoya qiladi. Muallif Amir Temur haqida o‘z davrida bitilgan tarixiy kitoblarga asoslanib, yuqoridagi kabi o‘rinli xulosalarni chiqaradi. Albatta bu bejiz emas. Aleksandr Yakubovskiy ham Temurning Yevropa halqlariga ko‘rsatganyana bir hizmati xaqida shunday deydi:

-1402 yilda Anqara yonida u ikkinchi marta Boyazid bilan jang qildi. Har ikki tomondan 200 mingdan ortiq askar qatnashdi.Anqara yonida bo‘lgan bu jangda Usmoniy Turklar qo‘shini batamom tor-mor etildi va Boyazid asir olindi.

  Bu g‘alaba faqat Osiyo tarixi uchungina ahamiyatli bo‘lib qolmadi. Temur o‘zining bu g‘alabasi bilan Yevropa halqlariga ikkinchi marta xizmat ko‘rsatdi.

  Tarixchi Xilda Xukxemning fikricha aynan manashu paytda diniy xurofotlar va masxablar o‘rtasidagi ixtiloflar ichida qolgan Yevropa biroz o‘ziga kelib,yangi kuch yig‘ishiga zamin paydo bo‘ldi.

  Yana bir Fransuz tarixchisi Stiya Ray 1577 yilda Parijda chop etilgan tadqiqotlar orqali zamonaviy va ko‘xna san’atni, ya’ni Yunon Rim doktirinasi qiyoslab o‘rganilar ekan Amir Temurni tilga oladi va uni Baqtriya qirolini yengib, derli butun Osiyoni bosib olgan afsonaviy xukmdor Ninus bilan taqqoslaydi. Garchi Ninus qirollar oilasidan, Temur esa oddiy oiladan chiqqan bo‘lsada, aynan sohibqiron butun Osiyoni zabt etganinichuqur bir xayrat bilan ifodalaydi.

  Amir Temurning dovrug‘i yer yuzi bo‘ylab tarqalar ekan, uning shaxsiga nafaqat tarixchilar qiziqa boshlagan, balki,ko‘plab adiblar vadramaturglar ham uning siymosinibadiiy aks ettirishga kirishgan. Bunga yorqin misollardan biri qirolicha Yelizavetta saroyidagi mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristafer Marloning Sohibqironga bag‘ishlangan 1590 yilda yozib tugallagan “Ulug‘ Temur” nomli tragediyasini aytib o‘tish joiz.

  Tarixiy manbalarningguvoxlik berishicha Mavorounnaxrda Mo‘g‘ullarning qariyb 140 yillik xukmronlik davrida birorta ham ko‘zga ko‘rinarli qurilish yoki, suv inshootlari vujudga kelmagan.

  Amir Temur tashabbusi bilan 1365 yilda Qarshi, 1375 yilda Samarqand, 1380 yilda esa Keshning atrofi qaytadan mudofa devorlari bilan o‘ralgan. Shuningdek halq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, ariqlar qazishga va yangi yerlarni o‘zlashtirishga alohida e’tibor berishgan.

  Mamlakatni iqtisodiy axvolini ko‘tarishda savdoning axamiyati beqiyos ekanligini tushingan xukmdor bozor, rastalar va timlar, turli tuman ustaxonalar barpo etib halq xunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirgan. Bundan tashqari Amir Temur nafaqat o‘z yurtida balki, u qo‘lga kiritgan xorijiy xududlarda ham xuddi shunday hayrli ishlarni amalga oshirgan. Shu boisdan Sohibqiron haqida so‘z ketganda hech bir tarixchi uning obodonchilik va qurilish sohasida olib borgan ishlari madaniyat va ma’rifatga nisbatan hayrixohligiga ham to‘xtalmasdan o‘tmaydi.

  Chunonchi unga zamondosh tarixchilardan yana bir Sharofiddin ali-Yazdiy uning Bag‘dodni bosib olganidan keyingi xayrli amallari hususida shunday deb yozadi. “Toki shahar yana o‘z qiyofasini olishi, unda xunarmandchilik rivojlanishi, tevarak atrofda dehqonchilik qilinishi savdo-sotiq va madaniy xayotni izga tushib,diniy ilm ilgargidek yoyilishi uchun bir yil mobaynida Bag‘dod shahrini butunlay qayta tiklash haqida buyruq berildi. Bu vazifa amirzoda Abu Bakrga topshirildi.

  Temur muhandislar, me’morlar va quruvchilar tomonidan tasdiqlangan aniq loyiha asosida Boyilkon qo‘rg‘on shahrini ham tikladi. Pishiq g‘ishtdan ko‘pgina turar joy binolari bozor, maydon, hammomlar qurdirdi. Bog‘ va xiyobonlar qurdirdi. Araks daryosidan kanal qazdirib, shaharga suv keltirdi. Amir Temur haqidagi asarlarda uning olimlarga adabiyot va san’at ahliga homiyligi, shatranj o‘yiniga qiziqishi, doimo tashqi va ichki siyosatdan xabardor bo‘lib turishi tez-tez ta’kidlab o‘tiladi. Chunonchi buyuk Sohibqiron ilm-fan, madaniyat ahliga e’tibor mehribonlik ko‘rsatib, ulardan jamiyat xayotida foydalanishga intildi.

  Bu o‘rinda arab tarixchisi ibn-Arabshoxning “Temur olimlarga mehribon, ulamo-yu, fuzaloga to‘la izzat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan muqaddam ko‘rardi. Ularni har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzat-ikromni izhor qilardi” degan fikrlari e’tiborga molik. Xilda Xukxem o‘zining “Yetti iqlim sultoni” nomli asarida shunday yozadi:

“Temur Markaziy Osiyo tarixida chuqur ildiz otgan saltanatchilik va madaniy an’analarning davomchisi edi. U XvaXI asrlarda arab va fors tillarida yozilgan tibbiyot, riyoziyot, falakkiyot, jug‘rofiya, tarix va adaiyotga oid ko‘plabyirik asarlar yaratgan aynan manashu zaminda tug‘ilib voyaga yetgandi. Muhimi bu asarlar keyinchalik Yevropa uyg‘onish davrining vujudga kelishida rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temur tarix sahnasiga chiqishi tasodif emas, zero, u o‘z davrining eng iqtidorli vakili edi”.....

  Asli ingliz tilida “Fotih Temur lan” deb atalgan bu asar 1962 yilda Londonda chop etilgan. E’tiborli jihati Xukxem xonim atoqli lashkarboshi Amir Temur va uning xarbiy yurishlari to‘g‘risida batafsil hikoya qilar ekan, Sohibqiron faoliyatining boshqa jihatlariga ham to‘xtalib o‘tadi. Hamda u ba’zi bir mualliflarning Temurni vayron etuvchi sifatida tasvirlash asossiz ekanligini tarixiy misollar bilan tushintirib o‘tadi. XIX-asrda yashab o‘tgan Xerman Vamberi ulug‘ sarkardaning xotamtoyligi haqida o‘z asarlarida juda ko‘p to‘xtalib o‘tadi. Amir Temur faoliyati davrning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga jahon sivilizatsiyasining rivojlanishiga va umuman jahon tarixining yuksalishiga ulkan xissa qo‘shdi. Bunday buyuk tadqiqotni xisobga olmay va e’tirof etmay turib davrni uning keyingi asrdagi ta’sir qirralarini tiklash umumjaxon tarix silsilasida chinakam axamiyatini anglab yetish g‘oyat mushkul.

  Yuqoridagi fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, Amir Temur shaxsi xaddan ziyod ko‘p qirrali. U faqat xarbiy sarkarda sifatida emas balki, madaniyat va ma’rifat xomiysi sifatida ham maydonga chiqqan. O‘z atrofiga nafaqat Mavorounnaxr olimlarini balki, butun sharqning ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlarini yig‘ishdan ular bilan soatlab suxbatlashishdan aslo erinmagan.

  Ayni paytda u uzoq Yevropa va Arab mamlakatlaridan kelgan vakillar, sayyohlar va elchilar bilan ham teppa-teng baxs olib borish, ularning bilimlarini sinab ko‘rish hamda zarur ma’lumotlardan o‘zining kelgusi maqsadlarida foydalanishni ham bilgan.

O‘. Xodjaeva